Jahon | 08:36 / 30.01.2018
8016
2 daqiqa o‘qiladi

Ruslar beqarorlashtiruvchi harakatlarni to‘xtatmagunga qadar – AQSh sanksiyalar haqida

Foto: Tupungato

AQShning sanksiyalar dasturi Rossiya «provokatsion va beqarorlashtiruvchi» harakatlarni to‘xtatmagunga qadar davom etadi. Bu haqda RIA «Novosti» AQSh Davlat departamentidagi manbaga tayangan holda xabar qilmoqda.

«Bu sanksiyalar Rossiya ularning joriy etilishiga olib kelgan harakatlari bo‘yicha AQSh kongressi va ma'muriyati talabini qondirmagunga qadar davom etadi», - deya ma'lum qilishgan Davlat departamentidan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Rossiyani uning harakatlari uchun jazolashi kerak.

«Biz rus harbiy anjomlarini boshqa mamlakatlar tomonidan sotib olinishining oldini olib, Rossiyani bu kelishuvlardan tushadigan pullarni dushmanlik kayfiyatidagi va beqarorlashtiruvchi harakatlari bo‘yicha xalqaro kampaniyani amalga oshirishda foydalanish imkoniyatidan mahrum etamiz», - deya ma'lum qilgan manba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat departamenti Rossiya sanksiyalar tufayli milliardlab dollarlik qurolni sota olmagani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid