01:22 / 06.02.2018
13674

Ijtimoiy tarmoqda uch mamlakatni haqorat qilgan kuvaytlik 31 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Foto: navkolo.me

Kuvayt fuqarosi Abdulloh As-Saloh ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA mamlakatlarini xaqorat qilgani uchun o‘z mamlakati sudi tomonidan 31 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. "Al-Qabas" nashri shu haqida xabar berdi.

Gap shundaki, As-Saloh Twitter hamda YouTube orqali Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA hukumatlarining Qatar bilan munosabatlarni uzishga oid qarorlarini qoralagan. U mojarolar boshlanishidan oldin yarim yil avval Qatarda yashagan.

"Jinoiy sud bugun Twitter foydalanuvchisi Abdulloh As-Salohga nisbatan navbatdagi hukmni o‘qib, uni yana besh yilga ozodlikdan mahrum qilishini ma'lum qildi, u Twitter'da BAAni haqorat qilishda ayblanmoqda... Shu xulosadan so‘ng uning umumiy jazo o‘tash muddati 31 yilga yetdi", - deyiladi gazetada.

Ma'lum qilinishicha, sud ayblanuvchi ishtirokisiz hukm chiqargan, zero u Buyuk Britaniyaga qochib ketgan. Yaqin Sharqning Gulf Digital News (GDN) internet nashrida ma'lum qilinishicha, As-Saloh Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘ragan. Nashrga ko‘ra, yakshanba kuni o‘qilgan hukmdan oldin mahalliy sud uning yuqorida nomlari qayd etilgan davlatlarga qarshi aytilgan gaplari uchun qamoq jazolarini belgilagan. Ayblanuvchi Twitter'da jazoni o‘tash niyati yo‘qligini ta'kidlagan.

Top