Qirg‘izistonda «Hizb ut-Tahrir» tarafdorlari ushlandi
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi xodimlari «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkilotining to‘rt nafar tarafdorini qo‘lga olishdi. Bu haqda payshanba, 8 fevral kuni mahkama matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, taqiqlangan tashkilotning faol a'zolari Qirg‘iziston janubidagi Jalolobod viloyatida qo‘lga olingan. Respublika IIV ma'lumotlariga ko‘ra, ulardan eng yoshi kichigi 39da, eng kattasi esa – 55 yosh. Ushbu shaxslarning yashash joylarida o‘tkazilgan tintuvlar davomida «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik materiallari aniqlandi va olib qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda terrorchilik yacheykasi rahbari ushlangani, u Farg‘ona vodiysida odam yollash bo‘yicha platsdarm tashkil etgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024