Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19—20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatida bölgandi. Taşrif davomida 19 yanvar kuni Qiziriq tumanida viloyat faollari iştirokida yiğiliş bölib ötgandi.

Prezidentning uşbu yiğilişdagi nutqidan yana bir audio «Kun.uz» tahririyatiga yetib keldi. Uşbu tört yarim daqiqali audioda prezidentning Milliy xavfsizlik xizmatining yuqori martabali rasmiylariga qaratilgan keskin tanqidlari aks etgan. Prezident MXXning yana bir neça amaldorlarini sotqinlikda ayblaydi.

«Bugun Boysun MXX rahbari mayor Eşquvvatov Sunnatullo Ravşanoviçni işdan oldirdim. Negaki, bular öz örnini bilmadi, öz işini qilmadi. Milliy xavfsizlikdagilar Surxondaryoni öldirgan. Ikki-uç sotqin, davlat sotqinlari işlagan.

Hammasidan xabarim bor. Angor tumanidagi boşliq Abdumö'minov Bahrom, tergov bölimi boşliği kapitan Berdimuhammedov ham işdan olindi.

Bular Surxondaryoni ot öyin qilib taşlagan. Hamma tizimni egallagan, hamma taşkilotni egallagan. Yana bir-ikkitasi Toşkentda yuribdi, borib işdan olaman.

Polkovnik Haydarov ham sotqin. Uniyam, boşqalariniyam işdan oldim», degan prezident.

Şundan söng prezident yiğilişda iştirok etayotgan MXX raisi örinbosari Ravşan Sobiroviç Yusupovga murojaat qilgan.

«Gaplarimni yetkazdingmi? Yana bir marta yetkaz, endi hammang majlisga kelib ötirasan. Tumandagi majlisgayam. Oyoğing yerdan uzilmasdan, majlisda ötirasan. Yöqsa, menga bunday xizmat kerakmas. Şu paytgaça poraxörlik qilib, hammayoqni şarmanda qilib keldinglar. Tuşunarlimi, yöqmi?», deydi prezident va tasdiq javobini oladi.

Şundan keyin prezident MXX raisining 3 örinbosarini işdan olgani haqida ma'lum qilgan.

«MXXning generallarini, uçta rais örinbosarlarini işdan olib taşladim. Surxondaryoda işlab ketgani bor edi, Toşpölatov (Şuhrat Toşpölatov - 2017 yilning iyulidan MXX raisi örinbosari, Toşkent viloyati böyiça boşqarma boşliği -tahr) ğirt öğri edi», deydi prezident.

«Men bu yerga xalqqa halol xizmat qiliş uçun kelganman. Bu noinsoflarni bilaman, yerga qarab yuribdi. Hali hammasi joy-joyiga tuşadi. Şuni bilinglar.

Hokim, hokimiyatdagi törtlik mening vakilim. Qörqmanglar. U zamon tugadi. Ularga otasidan qolgan vakolat yöq. Heç kimmas bular. Bularning qölidan kabinetda ötirib, ğöddayişdan boşqasi kelmaydi. Bularning ğöddayişi davlatga oğir tuşdi.