1995 yil yozidan buyon uzluksiz ravişda Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimida bölib kelgan general-polkovnik Rustam Inoyatov lavozimini tark etdi. Bu haqda «Kun.uz»ning işonçli manbalari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumot berişiça, endi Milliy xavfsizlik xizmati rahbarligiga 2015 yil 20 apreldan buyon respublika Boş prokurori sifatida işlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev rahbarlik qiladi.

Rustam Inoyatov prezident apparatida işlaşda davom etişi, prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar böyiça davlat maslahatçisi bölişi kutilmoqda.

MXX tuzilmasida yana bir qator tayinlovlar röy berişi mumkin. 

Qayd etiş kerakki, bu özgarişlar Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini isloh etişga kirişuvi ortidan röy bermoqda. 

Prezident ötgan yilning 22 dekabrida Oliy Majlis Senati va Qonunçilik palatasi a'zolariga qilgan murojaatnomasida Milliy xavfsizlik xizmati 26 yil avval hukumat tasdiqlagan nizom asosida işlab kelgani, endi MXX faoliyatini isloh qiliş vaqti kelgani va yaqin vaqt içida MXX faoliyati töğrisida qonunni işlab çiqilişini ma'lum qilgandi.

2018 yilgi davlat dasturi loyihasida «​Milliy xavfsizlik xizmati töğrisida»​gi​ qonun qabul qilinişi belgilangan. Qonunga köra Parlament Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini nazorat qiladi.

Rustam Rasuloviç Inoyatov 1944 yilning 22 iyunida Surxondaryo viloyatining Şerobod tumanida KGB polkovnigi Rasul Inoyatov oilasida tuğilgan. 1968 yili Toşkent Davlat universitetining eron filologiyasi fakultetini tamomlagan. Armiyadagi xizmatdan keyin KGBda turli lavozimlarda işlagan. 1976 - 1981 yillarda Afğonistonda doimiy rezident sifatida xizmat qilgan. 1995 yilning 27 iyunidan buyon Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi hisoblangan.

Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati 1991 yilda taşkil etilgan. MXXning asosiy vazifalari xorijiy davlatlar va taşkilotlar maxsus xizmatlarining Özbekistonga qarşi razvedka-qöporuvçilik faoliyati bilan kuraş olib boriş, Özbekiston mustaqilligi, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligi, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini ğayriqonuniy tajovuzlardan himoya qiliş hisoblanadi.