Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq generali, MXX raisining sobiq birinçi örinbosari Şuhrat Ğulomovni xoin deb atadi. Prezidentning Surxondaryo viloyatidagi yiğilişda aytgan sözlari yozilgan audio internetda tarqalgan.

Unda prezident ötgan davrda MXX mulozimlariga katta vakolatlar berilganini tanqid qiladi.

«Bilasizlarmi, bular hali xalqning qadriga yetmagan. Bular olgan maoşiga, unvonlariga arzirli iş qilib qöygani yöq. Bironta iş qilgani yöq.

Bularning öz işi bor, bu işni man bilan gaplaşişi kerak. Oddiy hokimning ortidan quvib yuradigan vaqt ötdi. Nima emiş, bir tumanning noinsof MXX boşliğini tuman hokimining maşinasi quvib ötibdi, keyin hokimni olib borib qamab qöyibdi.

Kimsan özi? Kim senga vakolat bergan? Pogoningni olib taşlayman kerak bölsa!

Bu zamon ötib böldi. 13 yil boş vazir bölganman. Vaziyatni bilaman. Hokim heç kim emasdi. Hamma hokimlar ularning xonasida bölardi.

Sal qarşi gap bildirsa, ğiybat qilib işdan olib taşlardi. Öğriga çiqarardi, bir aybni böyniga qöyardi.

Endi u zamon tugadi. Man bularning birontasiga işonmayman, bularning ma'lumoti kerak emas. Şuni bilinglar.

Endi tört rahbar kökragingni kerib işla. Xalq uçun, vatan uçun işla. Endi heç kim emas ular. Ularga vakolat bergan odam yöq endi.

Surxondaryoda bu masalada oğir edi. Şuning uçun bu yerga bitta ham biznesmen kelmagan, keldimi darrov qamardi. Bu falonçining odami, bu pistonçining odami, bu hokimning pul beradigan odami, deb. San kimsan, özing pul bermaydiganmiding, san Ğulomov. Sotqin. Poraning boşida özi ötirardi», degan prezident.

Eslatib ötamiz, 2017 yilning yanvarida 51 yoşli general-leytenant Şuhrat Ğulomov Milliy Xavfsizlik xizmati raisining birinçi örinbosari lavozimidan işdan olingan va Surxondaryo viloyati boşqarmasiga ötkazilgandi. Şuhrat Ğulomov MXXdagi faoliyatini aynan Surxondaryodan boşlagandi.

Foto: örtada Şuhrat Ğulomov