Jahon | 07:32 / 12.02.2018
27003
2 daqiqa o‘qiladi

Astronomlar quyosh faolligining keskin pasayishini prognoz qilishmoqda

Foto: NASA/GSFC/Solar Dynamics Observatory

San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti astronomlari 2050 yilga kelib quyosh sovuqroq va nursizroqqa aylanishini prognoz qilishmoqda. Bu haqda Astrophysical Journal Letters’dagi maqolaga iqtibos keltirgan holda Phys.org ma'lum qildi. 

Olimlarning fikricha, bu o‘zgarishlar quyosh faolligining “grand-minimumi” natijasi bo‘ladi. Bu davriy hodisa bo‘lib, unda quyoshning magnit maydoni susayadi, kamroq dog‘lar vujudga keladi va kamroq ultrabinafsha nurlar tarqaladi. Mutaxassislar o‘z tadqiqotlarida quyoshga o‘xshash yulduzlarning nur sochishi ortidan 20 yil davomida kuzatuv olib borib, olingan ma'lumotlar asosida quyosh 21-asr o‘rtalariga kelib nursizlanishi haqidagi xulosaga kelishgan.

Quyosh faolligi 11 yillik davr bilan ko‘payib-kamayib boradi. Astronomlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilda quyosh harorati taxminan 1645 yildan 1715 yilgacha davrda qayd qilingan minimumgacha pasayishi mumkin. O‘shanda astronom Edvard Uolter Mauderning hisob-kitobiga ko‘ra, quyoshda odatdagi 40-50 ming dog‘ o‘rniga bor-yo‘g‘i 50 ta dog‘ hosil bo‘lgan. Tarixda bu davr kichik muz davri bilan bog‘lanadi.

Biroq hamma olimlar ham bu fikrga qo‘shilmayaptilar. Ularning fikricha, quyosh faolligi kuchli pasayganda ham global sovish yuz bera olmaydi.

Mavzuga oid