Xitoy O‘zbekistonda quyosh energiyasi tizimlari uchun uskunalar ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi xodimlari Laplace Energy Technology kompaniyasi bosh menejyeri o‘rinbosari Veyan Sion bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Foto: Kun.uz
«Dunyo» xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida shu yil 20 noyabr kuni Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi davomida erishilgan kelishuvlar hayotga tatbiq etish, quyosh energiyasi tizimlari uchun uskunalarni O‘zbekistonda ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Laplace Energy Technology kompaniyasi bosh menejyeri o‘rinbosari Veyan Sion quyosh energiyasi uskunalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish o‘zaro manfaatli bo‘lishini ta’kidlandi.
«Qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish tannarxi Xitoyda boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha arzon. Chunki 80 foiz asbob-uskunalar Xitoyning o‘zida ishlab chiqariladi. Kompaniyamiz O‘zbekiston tomoni bilan ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va mutaxassislarni qayta tayyorlash bo‘yicha hamkorlikka tayyor, - dedi u. - Quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchi uskuna va moslamalar o‘rtacha 20 yil xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu sohada mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish ham muhim hisoblanadi».
Muzokaralar yakunida kompaniya rahbariyati va O‘zbekiston tomoni o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muloqotlarni uyushtirish hamda korxona vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatga amaliy safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texasda kutilmagan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi
Jahon | 17:44
-
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi
Jahon | 17:18
-
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?
O‘zbekiston | 17:00
-
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi
Jahon | 16:46
Mavzuga oid

21:33 / 12.06.2025
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi

13:57 / 07.04.2025
Malayziya O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyalarini qurishga investitsiya kiritadi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025