O‘zbekiston | 09:10 / 17.02.2018
21517
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida avtota'mirlash ustaxonalarida profilaktik reydlar o‘tkazildi

Toshkent viloyati IIB YHXB hududdagi mavjud 125 ta avtomobil ta'mirlash ustaxonalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazdi. Unga viloyat IIB YHX xizmati xodimlari va keng jamoatchilik jalb etildi. 

Xabar qilinishicha, tadbirda quyidagi maqsadlar ko‘zlangan: 
- avtomobillarning agregat raqamlari tushirilgan dvigatel, kuzov hamda shassi raqamlarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish yoki o‘chirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; 
- eskirgan, foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan avtomobillarni noqonuniy bo‘laklab sotmaslik,
- yo‘l-transport hodisasi sodir etib voqea joyidan qochib ketgan va texnik shikastlangan, olib qochilgan va o‘g‘irlangan avtomobillarni YHX xizmatlarining ruxsatnomasisiz tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmaslik hamda ta'mirlamaslik, avtomobil egalarining tegishli ruxsatnomasisiz bu kabi murojaatlari yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar berish lozimligi yana bir bor eslatilib, axborot almashuvi yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Toshkent viloyati IIB
Foto: Toshkent viloyati IIB
Foto: Toshkent viloyati IIB
Foto: Toshkent viloyati IIB
Foto: Toshkent viloyati IIB

 

Mavzuga oid