Argentinaning sobiq prezidenti sud oldida javob beradi

Kristina Fernandes de Kirshner. Foto: AFP
Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner va uning ma'muriyatida yuqori lavozimlarni egallaganlar 1994 yilda Buenos-Ayresda yahudiylar madaniyat markazida (AMIA) portlash tergovi bilan bog‘liq holda sud oldida javob beradilar.
Ma'lum qilinishicha, federal sudya Klaudio Bonadio sudga Kirshner, Argentinaning sobiq tashqi ishlar vaziri Ektor Timerman va boshqa ayblanuvchilar bo‘yicha ishni jo‘natadi.
Comercio nashri ma'lumotlariga ko‘ra, sud jarayoni sanasi hali belgilanmagan.
Kirshner va Timerman yahudiy markazidagi portlashga aloqadorlikda ayblanuvchi eronliklarning “jazolanmasligini ta'minlash” maqsadida til biriktirishda ayblanmoqdalar.
Kirshner 2013 yilda prezidentligi vaqtida Argentina va Eron hukumatlari portlashni birgalikda tergov qilishga kelishib olgan “Hamfikrlik memorandumi”ni imzolagan. Bunga Argentinadagi yahudiylar jamoasi vakillari keskin qarshi chiqishgan. Ular hujjatni “konstitutsiyaga zid”, “Eronni oqlashga va terakt ijrochilarining jazolanmasligini ta'minlashga” qaratilgan deb atashgan.
Argentina mamlakat tarixida eng yirik teraktni tashkillashtirishda Eronning bir qator yuqori lavozimli shaxslarini, jumladan Eronning sobiq prezidenti Hoshimi Rafsanjoniy va hukumatning sobiq 7 nafar vakilini ayblab keladi, Eron hukumati esa bu ayblovlarni qat'iyan rad etib keladi. Terakt vaqtida 85 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ko‘proq kishi jarohat olgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tunisning sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 23:20
-
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi
Jahon | 22:13
-
Braziliyada havo sharining qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Jahon | 22:02
-
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
Jahon | 21:52
Mavzuga oid

02:44 / 19.06.2025
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

14:57 / 19.05.2025