12:24 / 08.03.2018
38922

O‘zbekiston aholisining necha foizi shaxsiy hovli yoki kvartiraga ega ekani aytildi 

Foto: KUN.UZ

2017 yilning yanvar-dekabr holatiga kuzatuv ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 97,9% shaxsiy hovli yoki kvartiraga ega. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi saytida ma'lum qilingan.

Bu ko‘rsatkich qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholi bo‘yicha 99,3%ni tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar 2000 yilda mos ravishda 93,7 va 95,4%ni tashkil etgan edi.

Undan tashqari, 2000 yilda bir oila a'zosiga 20 kv.m. va undan ko‘p turar-joy maydoni to‘g‘ri keladigan uy xo‘jaliklarining ulushi jami o‘rganilgan uy xo‘jaliklariga nisbatan 17,1%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yil yakunlari bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 28,6%ni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga nechtadan avtomobil va kompyuter to‘g‘ri kelishi aytilgandi.

Top