O‘zbekiston | 13:27 / 07.03.2018
37183
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga nechtadan avtomobil va kompyuter to‘g‘ri kelishi aytildi

Foto: KUN.UZ

2017 yil yakunlariga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan shaxsiy kompyuterlar 50 donani tashkil etgan bo‘lsa, 2000-2017 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta'minlanganligi 14,4 barobarga oshdi (2017 yil yakuniga kelib har 100 ta uy xo‘jaligiga 257 tadan, ya'ni har bir uy xo‘jaligiga 2,6 tadan uyali aloqa telefonlari to‘g‘ri keldi). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi saytida xabar qilingan.

Aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta'minlanganlik darajasi 2017 yil yakunlariga kelib har 100 ta uy xo‘jaligiga 44 taga yetdi. 

Shuningdek, har 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan televizorlar soni 154 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 1,7 martaga oshgan. 

Bundan tashqari, konditsionerlar – 34 dona (2000 yilga nisbatan o‘sish - 3,1 barobar), elektr changyutgichlar – 54 dona (o‘sish 1,8 barobar), kir yuvish mashinalari – 80 donani (o‘sish 1,1 barobar) tashkil etdi.

Ushbu ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda aholining kundalik hayotida zarur bo‘lgan tovarlar qatorida elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, kompyuterlar hamda konditsionerlar kabi maishiy texnika vositalariga hali hamon ehtiyoj mavjud.

O‘z navbatida, ushbu ma'lumotlar respublikada bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda xorijiy davlatlardan tovarlarni import qiluvchi tashkilotlar uchun egallanmagan katta qismdagi iste'mol bozorining mavjud ekanligidan dalolat beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid