09:49 / 09.03.2018
8348

Obama o‘z shousini taqdim etishga yaqin turibdi

Foto: AP

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Amerikaning Netflix ko‘ngilochar kompaniyasi bilan o‘z shousini efirga uzatish to‘g‘risida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda New York Times o‘z manbalariga asosan xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Obama muzokaralarni o‘z rafiqasi Mishel bilan birgalikda olib boryapti. 

Xabar qilinishicha, Netflix Obama va uning turmush o‘rtog‘iga eksklyuziv shou uchun pul to‘lashga tayyor, faqat ushbu shou kompaniyaning strimingli servisida taqdim etiladi (ayni damda unga butun dunyo bo‘ylab 118 mln kishi obuna bo‘lgan). Shou epizodlari soni va shakli hozircha tanlanmadi.

Ma'lum bo‘lishicha, Obama o‘z shousidan AQSh amaldagi prezidenti Donald Trampning siyosatini tanqid qilish uchun foydalanmoqchi emas. Nashrdan ta'kidlashlaricha, sobiq prezident o‘z shousini «ilhom beruvchi voqealarga» bag‘ishlamoqchi.

Top