11:25 / 13.03.2018
7063

Xitoyda davlat apparati tuzilmasi bo‘yicha katta islohot boshlanyapti

Foto: Reuters

Xitoy davlat organlari apparatida keng ko‘lamli islohotga tayyorgarlik ko‘ryapti. Tegishli loyiha mamlakat oliy qonunchilik organi – Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishiga yuborilgan, deb xabar qilmoqda «Sinxua».

Xususan, Xitoy hukumati Bank faoliyatini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, shuningdek, Sug‘urta faoliyatini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha davlat qo‘mitasini tugatmoqchi. Ularning o‘rniga Bank va sug‘urta faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha davlat qo‘mitasi tashkil etiladi.

Bundan tashqari, XXRda immigratsiya ustidan nazoratni kuchaytirish rejalashtirilgan, shu sababdan mamlakatda Immigratsion masalalar bo‘yicha boshqarma paydo bo‘ladi.

Shuningdek Xitoy Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha boshqarmani tashkil etmoqchi.

Top