13:56 / 06.05.2018
21300

Jahon rekordini yangilamoqchi bo‘lgan velopoygachi mashqlar vaqtida halok bo‘ldi

Fransiyalik Fransua Jissi velosipedda yangi jahon rekordini o‘rnatish uchun tayyorgarlik jarayonida hayotdan ko‘z yumdi. L'Alsace gazetasi shu haqida xabar berdi.

Foto: L'Alsace

Voqea Yuqori Reyn departamentidagi Myunshuze yopiq uchish-qo‘nish yo‘lakchasida ro‘y berdi. Navbatdagi mashqlar vaqtida Jissi boshqaruvni qo‘ldan chiqardi va trassadan 300 km/s tezlikda otilib ketdi. Tezkorlik bilan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, sportchi olingan jarohatlar natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Politsiya voqea sabablarini o‘rgana boshladi. 

Foto: L'Alsace
Foto: L'Alsace

Jissi 2014 yilda - velosipedda 333 km/s tezlikda rekord o‘rnatganidan keyin jahonga tanilgan edi. Ta'kidlash joizki, poygachi o‘zi tomonidan yig‘ilgan reaktiv velosipeddan foydalangan. U o‘zining rekordini yangilash harakatida bo‘lgan - Jissi 400 km/s tezlikda jahon rekordini o‘rnatishni rejalashtirgandi. 

Top