Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya va Xitoy mojarosi: 4 razvedkachi XXR foydasiga josuslikda ayblandi
Foto: pixabay
Fransiya Mudofaa vazirligining tashqi xavfsizlik bosh boshqarmasi to‘rt xodimi josuslikda ayblandi, ularga ayblovlar qo‘yildi, deb yozmoqda Le Monde suddagi manbaga asosan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tashqi xavfsizlik boshqarmasi xodimlari Xitoy hukumati foydasiga ishlashgan. Ayblov tomoni fikricha, ular Pekinga tashqi razvedka xizmati ishi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etib borgan.
Ta'kidlanishicha, ular o‘tgan yilning dekabr oyidagi surishtiruv vaqtida qo‘lga olindi. 22 dekabr kuni ikki nafar josusga, shuningdek, ulardan birining rafiqasiga ayblovlar qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy foydasiga josuslikda gumonlanayotgan MRB agenti maxfiy ma'lumotlarni saqlashda ayblangandi.
Mavzuga oid
13:27
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
10:50 / 12.03.2026
Fransiya Aleksey va Mariya Moskalyovlarga himoya taqdim etdi
23:30 / 11.03.2026