O‘zbekiston | 16:24 / 12.06.2018
10112
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Qirg‘iziston harbiy delegatsiyani qabul qildi

12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Rayimberdi Duyshenbiyev boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 

Uchrashuv davomida mudofaa sohasida o‘zbek-qirg‘iz hamkorligining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek harbiy yo‘nalishda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Tomonlarning diqqat markazida Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta'minlash dolzarb vazifa ekani ta'kidlandi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 

Uchrashuv davomida ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida mudofaa sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 2018 yilga hamkorlik rejasi imzolandi. 

“Ishonchimiz komilki, harbiy sohadagi mustahkam normativ-huquqiy bazaning yaratilishi, qurolli kuchlarimiz uchun ahamiyatli bo‘lgan ikki tomonlama tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazishni amalga oshirishga yordam beradi. Ularning jangovar shayligini kuchaytirishda o‘ziga xos “tayyorlov maydoni”ni o‘tab, nafaqat ikki mamlakat xavfsizligini, balki butun mintaqadagi barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi”, – dedi o‘z nutqida O‘zbekiston mudofaa vaziri.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati 

Mehmonlar, shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishishdi.

Mavzuga oid