14:05 / 20.06.2018
22736

Video: Yaponiya hamda Senegal muxlislari o‘yindan keyin tribunani tozalashdi

Foto: Getty Images

Jahon chempionati 1-turida Yaponiya hamda Senegal terma jamoalar o‘zlaridan kuchli bo‘lgan jamoalarni mag‘lub etib qahramonlik ko‘rsatgan bo‘lsa, ularning muxlislari ham o‘zlarini tutish borasida o‘rnak ko‘rsatishdi. 

Senegal muxlislari jamoasining Polsha ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng (2:1), stadionni tark etmay, o‘zlaridan qolgan chiqindilarni tozalab chiqishdi. 

Kolumbiyani 2:1 hisobda yutgan Yaponiya terma jamoasi muxlislari ham stadionni tark etishga shoshilmay, tribunani tozalashdi. 

Yaponiyalik muxlislar stadionga chiqindilarni tozalash uchun maxsus paketlarni ham olib kelishgan edi. 

Mavzu
Rossiya mundiali

2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11ta shahrida 12ta stadionda JCh-2018 bo‘lib o‘tadi. Rossiya ilk bor mundialga mezbonlik qilmoqda.

Barchasi
Top