12:00 / 22.07.2018
10442

Eron g‘arbidagi to‘qnashuvlarda o‘ndan ortiq askar halok bo‘ldi

© RIA Novosti / Andrey Stenin

21 iyul kuni Eronning g‘arbida qurollangan guruh a'zolari hamda harbiylar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv natijasida 11 nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda Eronning rasmiy «IRNA» axborot agentligi xabar bermoqda.

To‘qnashuv vaqtida jangarilarning bir necha nafari o‘ldirilgan.

Kurdiston provinsiyasi xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Rizo Mirzoiyning xabar berishicha, Marivan shahrida yuz bergan ushbu to‘qnashuvlarda yana 8 nafar askar jarohatlangan. Shu bilan birga, u qaysi guruh hujum uyushtirganiga aniqlik kiritmagan.

Hozircha birorta guruh hujumga aloqadorlikni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.

Marivan shahrida avval ham eronlik harbiylar hamda Kurdiston ishchi partiyasining (KIP) mintaqadagi qanoti bo‘lmish PEJAK guruhi jangarilari o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan.

Mavzuga oid
Top