O‘zbekiston | 17:39 / 09.08.2018
38543
2 daqiqa o‘qiladi

GM Uzbekistan qanday qilib nuqsonli avtomobillar ortga qaytarib olinishi haqida ma'lumot berdi

Foto: GM Uzbekistan

GM Uzbekistan 2014 yildan boshlab avtomobillarni ortga qaytarib olish bo‘yicha 12ta kampaniyani yo‘lga qo‘ydi, bu haqda kompaniyaning Xalqaro press klub materialidagi javobida aytilgan.

Xabar berilishicha, ushbu kampaniyalarga 316 250 dona avtomobil to‘g‘ri kelgan: ichki bozorda 167 154 dona va tashqi bozorda 149 096 dona.

«Barcha e'lon qilingan kampaniyalar zarur detallar bilan ta'minlangan, masalan, iste'molchilarning savollariga javoblar va ortga chaqirib olinuvchi avtomobillar yuklanadigan mintaqa kabilar», - deyiladi xabarda.

Har bir ortga chaqirib olish kampaniyasi e'lon qilinganida, diler tomonidan avtomobil egasiga muammoning mohiyati va uni hal qilish uchun zarur bo‘lgan vaqt haqida tushuntirish berilgan rasmiy xat yuboriladi.

Rasmiy dilerlik korxonalari tomonidan qo‘shimcha tarzda, servis xizmat ko‘rsatish o‘tkazilganda avtomobilning har bir VIN-raqami avtomobilni ortga chaqirib olish masalasi bo‘yicha tekshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GM Uzbekistan Cobalt modelini yangilash loyihasi ishlab chiqilayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid