GM Uzbekistan’ning Xalqaro press klub materialida xabar berişiça, ayni damda kompaniya tomonidan Cobalt modelini yangilaş loyihasi işlab çiqilmoqda.
GM Uzbekistan AJ doimiy ravişda yangi modellar işlab çiqarilişini yölga qöyiş va yangilangan modellar asosida kompaniya tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulotlar turini köpaytirib boriş işlarini amalga oşiradi, deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, yangi mahsulotni joriy etiş uçun batafsil örganiş va tegişli texnik-iqtisodiy asosni tayyorlaş zarur. Bunday tadqiqotlar natijalari asosida tegişli davr uçun davlat va tarmoq investitsiya dasturlariga yangi investitsiya loyihalarini kiritiş takliflari kiritilgan.
“Cobalt modelini yangilaş loyihasi hozirda işlab çiqilmoqda. Loyihani rejalaştiriş muddatlari belgilangan tartibda tasdiqlanadi, çunki loyiha muddati özgaradi”. - deyilgan xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq GM Uzbekistan Tracker avtomobili qaçondan sotuvga çiqarilişi haqida ma'lumot bergandi.











