17:30 / 18.09.2018
24102

Kikboksing bo‘yicha besh karra Yevropa chempioni uyida o‘lik holda topildi

Foto: Xakasiya Respublikasi Sport Vazirligi

Rossiyalik kikbokschi Diana Karateyeva o‘zining Abakandagi uyida (Xakasiya) o‘lik holda topildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Sportchining jasadini uning do‘stlari topishgan. Dastlabki taxminga ko‘ra, 23 yoshli Karateyeva is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Fojia tafsilotlari surishtiruv ishlari yakunlanganidan so‘ng ma'lum qilinishi aytilmoqda.

Karateyeva kikboksing bo‘yicha Yevropa chempionatida besh marta g‘olib chiqqan. U shuningdek, Rossiya terma jamoasining sobiq a'zosi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top