15:30 / 20.11.2018
4241

Xorijiy va mahalliy investorlar viloyatlardagi turizm infratuzilmalariga sarmoya kiritishiga oid hujjatlar imzolanmoqda

O‘zbekiston-Singapur turistik markazi ochilishiga doir kelishuvga erishildi. Hujjat 20 noyabr kuni Turizm sohasiga investitsiya kiritishga bag‘ishlangan birinchi xalqaro forum doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va SEA business center vakillari tomonidan imzolandi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati va "Ortasharqinvest" o‘rtasida 15 milliard so‘mlik hamda Sirdaryo viloyati va “Asl boylik” MChJ o‘rtasida 3 milliard so‘mlik investitsion kelishuvga erishildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi “O‘quv-konsalting markazi” hamda Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati tashqi aloqalar boshqarmasi o‘rtasida ham investitsiya kiritilishiga oid hujjatga qo‘l qo‘yildi.

Samarqand viloyati hokimligi Singapurning SEA business center kompaniyasi bilan investitsion shartnomani qo‘lga kiritdi.

Farg‘ona viloyati va Isroil investori o‘rtasida kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlar  hokimliklari vakillari mahalliy investorlar bilan investitsion bitimni imzolashdi.

Ta'kidlash joizki, Turizm sohasiga investitsiya kiritishga yo‘naltirilgan birinchi xalqaro forum bugun o‘z ishini davom ettirmoqda. Bugungi uchrashuvlar B2B va B2G formatida davom etmoqda.

Oldinda Chorvoq zonasi bosh rejasi taqdimoti hamda memorandum va shartnomalarni imzolash marosimi kutilmoqda.

Bundan avval KUN.UZ’da turkiyalik ekspert Sodiq Badakning O‘zbekistonda mavzuiy motellar qurishga doir taklifi va Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgan yangi viza turlari haqida ma'lumotlari taqdim etilgan edi.

Top