Özbekistonda alohida guruhlar vakillari uçun maxsus vizalar joriy qilinişi kutilmoqda. KUN.UZ muxbiri Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning Turizm sohasiga investitsiyalar kiritişga doir birinçi xalqaro forum doirasida taqdim etgan ma'lumotlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Boş vazir örinbosari xorijiy investorlarga Özbekistonda turizmni rivojlantiriş yölida şu kunga qadar amalga oşirilgan işlar, jumladan qator mamlakatlar uçun vizasiz rejimning yölga qöyilişi, yana köplari bilan viza tizimi soddalaştirilgani, tranzit va elektron vizalarning joriy qilinişi va sönggi statistika haqida ingliz tilida ma'lumotlar berib, oldinda qilinişi rejalaştirilayotgan işlarga ham töxtalib ötdi.
Uning sözlariga köra, ayni damda hukumat 2018 yil oxiriga qadar dunyoning barça mamlakatlari uçun elektron vizani yölga qöyiş ustida iş olib bormoqda.
“Şu bilan birga, asli özbekistonlik, lekin xorijiy mamlakatlarda yaşovçi kişilar uçun - “Vatandoş”, Özbekistonda ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat olişni istagan xorij fuqarolari uçun - “Academic Visa”, davolaniş maqsadida Özbekistonga kelganlar uçun - “Medical Visa”, yurtimizdagi oliy ta'lim muassasalarida öqişga kelgan talabalar uçun - “Student Visa”, ziyorat maqsadida taşrif buyuruvçilar uçun - “Piligrim Visa” va şular kabi alohida guruhlar vakillari uçun maxsus vizalar joriy qilinişi rejalaştirilmoqda. Eng asosiysi – “Golden Visa”, bu xorijiy investorlar uçun uç yillik viza bölib, sarmoyadorlar öz xohişlariga köra uning muddatini köp marta uzaytiriş imkoniga ega bölişadi”, - dedi Abduhakimov.

Bundan taşqari, Buyuk Ipak yöli böylab sayohat qiluvçi turistlar uçun yagona “Silk Road Visa”ni joriy qiliş ustidagi işlar ham boşlangani qöşimça qilindi.













