Bosh prokuratura 400 ming dollar pora bilan ushlangan hokim ishi haqida ma'lumot berdi

Foto: KUN.UZ
Yunusobod tumani sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov 2018 yil sentabr oyi boshlarida katta miqdordagi pora bilan qo‘lga olingandi. Ba'zi axborot manbalarida tarqalgan xabarga ko‘ra, Abdusamatov qator amaldorlarga qarshi ko‘rsatma bermoqda.
Shuningdek, uning ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida shu kungacha 400dan ortiq guvoh so‘roq qilingani iddao etiladi.
Kun.uz ushbu ma'lumotga oydinlik kiritishni so‘rab Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.
Uning ma'lumot berishicha, Yunusobod tumani sobiq hokimi va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210 va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bildirilishicha, mazkur jinoyat ishi yurituvi ustidan Bosh prokuratura tegishlicha nazorati o‘rnatilgan.
1976 yilda tug‘ilgan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (1996) va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (2003) tamomlagan Baxtiyor Abdusamatov 2018 yilning sentabr oyi boshlarida katta miqdordagi pora bilan qo‘lga olingandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rimda zapravkada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kamida 20 kishi jarohat oldi
Jahon | 18:29
-
Tojikistonda chorva orasida kuydirgi kasalligi tarqaldi
Jahon | 18:27
-
Hikmatilla Ubaydullayev Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi ijrochi direktori v.b. etib tayinlandi
Jamiyat | 17:51
-
Shavkat Mirziyoyev Xonkendida Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 17:51
Mavzuga oid

22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

22:28 / 16.04.2025