21:45 / 08.02.2019
10641

Poroshenko saylovchilarni o‘z tomoniga og‘dirish uchun davlat pulidan foydalanganlikda gumon qilindi

Ukraina prezidenti lavozimiga nomzod Anatoliy Gritsenko amaldagi prezident Pyotr  Poroshenkoni saylovchilarni o‘z tomoniga og‘dirish uchun 2 mlrd grivna (74 mln dollar) sarflaganlikda aybladi. 

Gritsenkoning ta'kidlashicha, pullar Poroshenkoning topshirig‘i bilan uning mavqeini yaxshilash uchun Ukraina budjetidan ajratilgan.

“Poroshenko o‘z pullarini bermaydi. Bu odamlarni sotib olish va “qozon”ni tepasida o‘tirishda davom etish uchun biz bilan sizning pulingiz bo‘ladi”, deb aytgan siyosatchi “Hokimiyatga huquq” (Pravo na vlast) dasturi efirida.

Nomzodning aytishicha, saylovchilarni sotib olish bilan prezident ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Vitaliy Kovalchuk va oliy rada deputati Sergey Berezenko shug‘ullanmoqda.

Avvalroq Ukraina milliy politsiyasi prezidentlikka nomzod Yuliya Timoshenkoning Pyotr Poroshenko va uning jamoasi tomonidan saylovchilar sotib olinayotgani borasidagi arizasi bo‘yicha jinoiy ish ochgan.

Mavzu
Ukrainada prezidentlik saylovlari
2019 yilning 31 martida Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. Saylovda ishtirok etish uchun 44 nomzod, shu jumladan mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko hujjat topshirgan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top