Misr loukosteri O‘zbekiston bozoriga kirishga erishdi

Foto: Aeronantes Spotters
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Misr aviakompaniyasi – “Nile air” loukosteri vakilini Sharm al-Shayx – Toshkent – Sharm al-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan slotni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi murojaatini ko‘rib chiqdi.
Slot – bu ma'lum bir vaqt yoki sanada samolyotning uchib kelishi yoki uchib ketishi uchun aeroportda ajratiladigan vaqt.
Murojaatni o‘rganish mobaynida ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha parvozlar bilan Misrning yagona aviakompaniyasi – “Al Masria” shug‘ullanishi ma'lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, “Nile air” ham Misr tomonidan ushbu yo‘nalishdagi belgilangan aviatashuvchi bo‘lsa-da, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan uning Sharm al-Shayx – Toshkent – Sharm al-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha havoda qatnovlarni amalga oshirish uchun erkin slotlarni berish to‘g‘risidagi murojaatlari ijobiy hal etilmagan.
Joriy yilning 30 iyul kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashabbusi bilan Transport vazirligida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda, havoda tashish xizmatlari bozorida sog‘lom raqobatni yanada rivojlantirish maqsadida, Sharm al-Shayx – Toshkent – Sharm al-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha “Nile air” loukosteriga tegishli slotni ajratish to‘g‘risidagi masala muhokama qilingan.
Muhokamalar yakuniga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Nile air” loukosteriga havoda tashishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan slotlarni kelishib berdi va parvozlar joriy yilning 21 avgustidan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirildi, deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

09:03 / 03.07.2025
O‘zbekiston va Misr Sulton Sayfiddin Qutuz haqida film yaratishi mumkin

14:11 / 22.06.2025
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi

13:42 / 21.06.2025
Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi

21:04 / 09.06.2025