17:13 / 30.08.2019
0
9376

Erdo‘g‘an Rossiya bilan Su-57 qiruvchilarini yetkazib berish bo‘yicha muzokara olib borilayotganini ma'lum qildi

Foto: Maxim Shipenkov/AFP/Getty Images

Moskva va Anqara Rossiyaning Su-57 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an ma'lum qildi.

"Muzokaralar olib borilmoqda, ular davom etadi. MAKS-2019dan vazirliklarimiz vakillari Rossiyada qolishdi. Kredit va hamkorlikdagi ishlab chiqarish bo‘yicha shartlarimizni ma'lum qilamiz", — dedi Erdo‘g‘an.

Seshanba kuni Rossiya va Turkiya prezidentlari MAKS-2019 xalqaro aviasaloniga tashrif buyurishdi.

Erdo‘g‘anni Su-35 va Su-57 samolyotlari qiziqtirib qoldi.

Erdo‘g‘an Vladimir Putindan “bu samolyot uchadimi, uni sotib olish mumkinmi?” deb so‘radi. Rossiya prezidenti bu savolga “Ha, sotib olishingiz mumkin” deb javob qaytardi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top