Jamiyat | 15:00 / 13.09.2019
8602
2 daqiqa o‘qiladi

Koson hunarmandchiligi Qo‘qonda namoyish etilmoqda- Fotoreportaj

Qo‘qon shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan I Xalqaro hunarmandchilik festivali davom etmoqda.

Festivalda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani hunarmandari ham o‘z hunarmandchilik mahsulotlari bilan munosib ishtirok etib, e'tiroflarga sazovor bo‘lmoqda.

Buning uchun kosonlik hunarmandlarga tuman hokimi A.Boykarayev tomonidan shart-sharoitlarni yaratib berildi.

Kosonlik hunarmandlar – 51 yildan buyon chilangarlik bilan shug‘ullanib kelgan «Nartichuqur» mahallasida yashovchi Niyozqul bobo Hamroyev, ikki yildan buyon zargarlik bilan shug‘ullanib kelgan «Lolazor» mahallasida yashovchi Ruxshonabonu Shavkatova va 5 yildan buyon charm va mo‘yna hunarmandchiligi bilan shug‘ullanib kelayotgan «Po‘lati» qishlog‘ida yashovchi Sharofiddin Botirov hamda to‘rt yildan buyon kashtachilik bilan shug‘ullanib kelgan Ruxsora Aslonovalar o‘z hunarmandchilik mahsulotlari bilan ko‘rgazmalarda qatnashmoqda.

Bardoshbek SAMAD o‘g‘li tayyorladi

Mavzuga oid