AQSh aviakompaniyasi 50 ta Airbus samolyotiga buyurtma berdi

AQShning United Airlines aviakompaniyasi Airbus kompaniyasining A321XLR modelidagi 50 samolyotini xarid qilishga buyurtma berdi. Xaridning umumiy qiymati 7 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Yangi samolyotlar 15 yil avval ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Boeing 757-200 samolyotlari o‘rnini egallaydi. Ayni vaqtda AQSh aviakompaniyasi 75 ta shunday samolyotdan foydalanadi. Ularni Boeing 757-200 MAX samolyotlari bilan almashtirish ko‘zda tutilgandi, biroq Boeing 737 MAX samolyotlari Indoneziya va Efiopiyada halokatga uchragandan keyin Boeing’da yuzaga kelgan muammolar sababli aviakompaniya boshqa yechim izlashiga to‘g‘ri kelgan.
Ta'kidlanishicha, aviakompaniya A321XLR’larni 2024 yildan xarid qila boshlaydi.
United Airlines vitse-prezidenti Endryu Nosellaning ta'kidlashicha, yangi samolyotlar aviakompaniyaga yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishga imkon beradi.
A321XLR modeli A321neo’ning oxirgi modifikatsiyasi bo‘lib, avvalgi avloddagi modellarga nisbatan 30 foiz kamroq yoqilg‘i sarflaydi. U, shuningdek, tor fyuzelyajli samolyotlar uchun rekord uzoqlikka uchishi (8,7 ming kilometr) bilan ajralib turadi. Jumladan, samolyot AQShning sharqiy qismidan Yevropaga qo‘nishsiz parvozlar amalga oshirishga imkon beradi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

19:03 / 26.06.2025
Uzbekistan Airways ikkita yangi Airbus A321neo samolyotlarini olib keladi

21:04 / 08.06.2025
United Airlines aviakompaniyasi o‘z samolyotlaridan Starlink’ni o‘chirib qo‘yishni boshladi

14:41 / 05.05.2025
O‘zbekiston Fransiyadan 14 ta yangi Airbus samolyotini xarid qiladi

23:54 / 21.04.2025