Samarqandda bu yil paxtaning necha foizi mashinalarda terilishi ma'lum qilindi
Samarqand matbuot uyida o‘tkazilgan brifingda viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Nasriddinov paxta terimiga jalb etilgan terim mashinalari haqda ma'lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Samarqand viloyatida shu paytgacha 34 ta paxta terish mashinasi bor edi. Shundan 17 tasi birinchi terimga jalb etishga yaroqsiz hisoblanadi.
2020 yilgi paxta mavsumi uchun 37 ta paxta terish mashinasi olib kelinmoqda. Ulardan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan beshtasi hozirda klaster korxonalari mashina parklarida turgan bo‘lsa, xorijdan olib kelingan 20 ta mashinani ayni vaqtda bojxona postlarida hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni ketmoqda. Tez orada barcha mashinalar olib kelinib, ishga jalb etiladi», – dedi Jamshid Nasriddinov.
J.Nasriddinovga ko‘ra, shu vaqtga qadar Samarqandda paxtaning 5 foizi mashinalarda terib olingan. Joriy mavsumda esa dastlabki hisob-kitoblarga asoslanib, bu ko‘rsatkich 15 foizga yetishi taxmin qilinmoqda. Qolgan 85 foiz paxta qo‘lda teriladi.
Paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 920 ming so‘mdan kam bo‘lmagan xizmat haqi to‘lash belgilangan.
Mavzuga oid
15:52 / 26.12.2024
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
07:35 / 26.12.2024
Beshta hududda 16 kg giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024