Jahon | 17:50 / 12.12.2020
12991
1 daqiqa o‘qiladi

Pandemiyadan so‘ng dastlab qaysi davlatlarning iqtisodi tiklanishi ma'lum qilindi

Daniyada joylashgan Saxo Bank moliyaviy tashkilotining investitsiyalar bo‘yicha direktori Stin Yakobsenning fikricha, koronavirus pandemiyasi 2021 yilning ikkinchi choragida yakunlanadi. Jahon iqtisodi esa yil davomida asta-sekinlik bilan normallashadi.

Foto: EPA/Vostock-photo

«Bozor — koronavirus bilan kasallanish holatlari o‘sishini kuzatmoqda va 2021 yilda iqtisodiyot tiklanishini hisobga olgan holda pul tikmoqda», — deydi Yakobsen.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, eng avvalo, hozir ham “ishlari yaxshi bo‘lib turgan” Xitoy kabi Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti tiklanadi. Shundan so‘ng Shimoliy Yevropa davlatlari, keyin AQSh, Buyuk Britaniya va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiyoti tiklanadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorlarning tiklanishi ilmiy yutuqlar sababli amalga oshadi.

«Hech kim COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan keyin bor-yo‘g‘i 9 oy o‘tib vaksina ishlab chiqarish boshlanishini ayta olmagan. Odatda buning uchun 2-3 yil vaqt ketgan. Bu ilm-fan uchun ulkan yutuq va immunizatsiya sohasiga butunlay boshqacha yondashuv», — deydi Yakobsen.

Mavzuga oid