Jahon | 13:26 / 24.08.2021
24458
2 daqiqa o‘qiladi

Bitta xo‘jalikda 26 ming bosh qoramol: Belarucdagi yirik fermadan reportaj

Ming-minglab qoramol bitta xo‘jalikda qanday boqiladi? Buqalar kuniga o‘rtacha 1 kg vazn olishiga qanday erishiladi? Kun.uz muxbiri Belarusga xizmat safari davomida mamlakatdagi eng yirik sut-bo‘rdoqichilik xo‘jaliklaridan birida bo‘lib, shu kabi savollarga javob izladi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

“Paroxonskoye” ochiq aksiyadorlik jamiyati Brest oblasti, Pinsk rayonida joylashgan bo‘lib, sut va go‘sht yetishtirish borasida yirik korxona hisoblanadi va Pinsk go‘sht kombinatiga go‘sht yetkazib beradi.

Biz borgan majmuada ishlar juda tartib bilan yo‘lga qo‘yilgani e'tiborimizni tortdi.

Viktor Levsha

Xo‘jalik direktori o‘rinbosari Viktor Levshaga ko‘ra, korxonada bir vaqtning o‘zida 26 ming bosh qoramol boqiladi. Uning 5200 boshi sog‘in sigirlar, 14-15 ming boshi bo‘rdoqiga boqiladigan buqalar va qolgani g‘unajindir.

“Biz turgan majmuada 5700 bosh buqa bor. Bu yerga buqachalar 3 oylik vaqtida keltiriladi va tirik vazni 500-580 kg bo‘lguncha boqilib, so‘yishga jo‘natiladi. Tug‘ilishdan to go‘shtga topshirguncha 16-17 oy o‘tadi. Buqalar kuniga o‘rtacha 1 kg vazn oladi”, – deydi Viktor Levsha.

Ushbu korxona mamlakatda yetakchi hisoblanib, bir yilda 7 ming 200 tonna go‘sht yetkazib beradi. Kuniga 120 tonna sut sog‘ib olinadi. Bir oyda 800-900 bosh buqa go‘shtga topshiriladi.

Biz xo‘jalik direktor o‘rinbosaridan qoramollarni qanday va nima bilan boqishini so‘radik.

“Asosan boshoqli aralashmalar beramiz. Boshoqli o‘simliklarni botqoqliklarda yetishtiramiz. Bundan tashqari, makkajo‘xori silosi, o‘z seximizda uglevod va oqsillar bilan boyitilgan aralash donli yemlar ham beriladi”, – dedi Viktor Levsha.

Tolib Rahmatov, Kun.uz muxbiri.
Tasvirchi – Sherzod Egamberdiyev.

Mavzuga oid

E`lonlar