O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
9902
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi

«Minsk» milliy aeroportida O‘zbekiston prezidentini Belarus bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarus Respublikasiga yetib bordi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

«Minsk» milliy aeroportida O‘zbekiston prezidentini Belarus bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Nikolay Snopkov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 27 iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

 

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid