Samarqandda pandemiya davrida talab yuqori bo‘lgan Remdesevir dorisini noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi
Samarqand shahrida pandemiya davrida talab yuqori bo‘lgan «IVIREM Remdesevir 100 mg» nomli dori vositasini noqonuniy sotayotgan shaxslar qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqarolar X.E. va T.X. pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan «IVIREM Remdesevir 100 mg» nomli dori vositasining har bir donasini 56 AQSh dollaridan hisoblab, jami 200 donasini 11 200 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov
21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin
11:25 / 29.09.2024
Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
11:14 / 24.09.2024