Samarqandda pandemiya davrida talab yuqori bölgan «Remdesivir» dorisini noqonuniy sotayotgan şaxslar uşlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Samarqand şahrida yaşovçi fuqaro viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida ikki nafar şaxs pandemiya şaroitida koronavirusni davolaş uçun işlatiladigan dorilarni qonunga xilof ravişda sotib kelayotgani, jumladan, «Remdesivir»  dori vositasining har birini 650 ming sömdan sotayotganini bildirgan.

Bundan taşqari, noqonuniy tarzda dori sotayotgan şaxslar fuqaroga yana 300 dona «Remdesivir» dorisini Toşkent şahridan olib kelib berişini aytgan.

Qayd etilişiça, mazkur arizaga asosan joriy yil 13 avgust kuni IIV korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat bojxona boşqarmasi xodimlari hamkorligida M39 xalqaro avtomobil yölining Samarqand tumani Qöştamğali mahallasi hududidan ötgan qismida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda ikki nafar şaxs ariza muallifiga 300 dona «Remdesivir» dori vositasini berib 193 million sömni hisoblab 18 400 dollar olayotganda uşlangan.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.