Samarqand şahrida pandemiya davrida talab yuqori bölgan dorilarni noqonuniy sotayotgan şaxs uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Bulunğur tuman bölimi va Milliy gvardiya viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand şahrida tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda Kaftarxona mahallasidagi şohbekatda Samarqand şahrida yaşovçi şaxs dori vositalarini dorixonalardan taşqarida realizatsiya qiliş orqali noqonuniy daromad orttirişni közlab sotayotganda uşlangan.

U koronavirus kasalligini davolaşda keng qöllaniladigan, Hindistonda işlab çiqarilgan 50 quti «Remdesivir» dori vositasining har bir qutisini 1 million 50 ming sömdan hisoblab jami 5 ming AQŞ dollariga sotayotgan vaqtda qölga olingan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.