Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda eshak go‘shti sotgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
Joriy yil 5 aprel kuni Qashqadaryo viloyat IIB JQB va Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan Qarshi shahrida yashovchi X.Sh.ning xonadonida fuqaro X.J. eshak so‘yayotgani aniqlangandi. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, eshak so‘yish bilan shug‘ullanib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qilgan.
Ma'lum qilinishicha, Qarshi shahrida joylashgan Qashqadaryo yuridik texnikumida Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sud majlisida eshak so‘yib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qilgan.
Qayd etilishicha, sud majlisida fuqaro eshak go‘shtini itlar uchun sotishini ma'lum qilgan. Biroq sud hujjatlarida to‘plangan ma'lumotlarga ko‘ra, fuqaro pul evaziga buyurtmachiga eshak go‘shtlarini yetkazib bergan.
Sud ayblanuvchini Jinoyat kodeksining 186-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topgan va ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolish bilan birga 2 yil muddatga axloq tuzatish jazosini tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5 aprel kuni Qarshi shahar «Arabxona» MFY, Yangibog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaroning uyida boshqa bir shaxs eshak so‘yayotganda ushlangan. O‘sha paytda mazkur xonadonda 20 ta eshakning bo‘laklangan go‘shti va yana 20 ta eshak ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

22:48 / 09.06.2025
“Eshak go‘shti qo‘shilmaganmi?” – zaruratga aylanayotgan savol

10:21 / 08.06.2025
Orzudagi mundial yo‘llanmasi va qonun ustuvorligida pasayish - hafta dayjesti

21:03 / 04.06.2025
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori

00:08 / 04.06.2025