Qashqadaryo viloyati Koson tumanida eshak so‘yish bilan shug‘ullanib kelgan to‘rt nafar shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, joriy yil 26 may kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida, Koson tumani Arabxona mahallasida yashovchi, fuqaro N.T.ga tegishli bo‘lgan xonadon hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Surishtiruvda aniqlanishicha, fuqarolar N.T., S.N., Sh.X., T.A. ushbu xonadonda iste'mol qilinishi mumkin bo‘lmagan eshaklarni so‘yib, go‘shtini suyaklaridan ajratib kelayotganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Qashqadaryoda eshak so‘yib sotmoqchi bo‘lganlar aniqlandi. Ular bu ish bilan avvaldan shug‘ullanib kelgan bo‘lishi mumkin

Tsirk hayvoni uchun ozuqa, go‘sht va qimmatbaho teri: Oxirgi 3-4 yilda O‘zbekistonda eshaklar soni ko‘paygan