21:08 / 05.12.2021
59071

Olmaxon ovlagan leopard, timsoh quvayotgan yo‘lbars va yalqov ayiq: Yovvoyi tabiat fotosuratchilar nigohida

Tanlovda tabiiy muhitda yashaydigan hayvonlarning eng chiroyli suratlari namoyish etilgan.

Nature InFocus tanlovi – Osiyodagi eng yirik yovvoyi tabiat suratlari festivali. Unda istalgan kishi ishtirok etishi mumkin – tanlov geografiyasi doimiy ravishda kengayib bormoqda. Pandemiya tufayli ikki yildan beri taqdirlash marosimi onlayn rejimda o‘tkazilmoqda.

Dasturda beshta yo‘nalishdagi suratlar taqdim etildi:

  • Jonivorlar portretlari;
  • Yovvoyi tabiat va tabiiy muhitda yashaydigan jonivorlar;
  • Ijodiy tabiat suratlari;
  • Tabiatni qo‘riqlash masalalari;
  • Jonivorlarning xulq-atvori.

“Jonivorlarning xulq-atvori” nominatsiyasida Priyanka Raxut Mitra g‘olib bo‘ldi. U olgan suratda leopard ulkan hind olmaxonini tutishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Priyanka Rahut Mitra

Mazkur yo‘nalishda Rajat Subxra Pramanik kumushga sazovor bo‘ldi. U yo‘lbars o‘z hududidan timsohni quvayotganini suratga olgan. Surat Rojaston shtatidagi milliy bog‘da olingan.

Foto: Rajat Subhra Pramanick

Shuvam Sadxukan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Suratda ikki hasharot aks etgan.

Foto: Shuvam Sadhukhan

Kushal Guttedarom tomonidan Keniyada olingan surat hay'at a'zolarining alohida e'tiboriga sazovor bo‘ldi. Fotosuratchi ov jarayonidagi sherni suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Kushal Guttedar

“Yovvoyi tabiat va tabiiy muhitda yashaydigan jonivorlar” nominatsiyasida hindistonlik Lakshita Karunarata g‘olib bo‘ldi. U Meksika tog‘larida dam olayotgan Monarx kapalaklari guruhini suratga olgan.

Foto: Lakshitha Karunarathna

Ikkinchi o‘rin Hindiston janubidagi o‘rmonlarda tasodifan “yalqov ayiq” sifatida ma'lum bo‘lgan ayiqlarni uchratgan Diyya Dvaraknatga nasib etdi.

Foto: Divya Dwaraknath

Bu yo‘nalishda bronza hind leopardi qiyofasini suratga olgan Shivang Mextaga berildi.

Foto: Shivang Mehta

Yovvoyi tabiat aks ettirilgan yana boshqa kadrlar, hakamlar hay'ati e'tiboriga sazovor bo‘lgan suratlarni Nature InFocus tanlovi saytida tomosha qilish mumkin.

Top