22:58 / 05.02.2022
27601

AQShda aholining chorvasi bilan oziqlangan ulkan alligator otib o‘ldirildi

Ovchi Dag Borris alligatorni Okichobi okrugidagi ko‘lda otib o‘ldirdi.

Foto: the-sun

AQShning Florida shtatida Dag Borris ismli ovchi uzunligi qariyb to‘rt metr va og‘irligi 400 kilogrammdan oshiq bo‘lgan 80 yoshli alligatorni otib o‘ldirdi, deb yozadi Daily Mail.

Dag Borris ilgari ovchilik va baliq ovlash bo‘yicha to‘qqiz marta jahon rekordini o‘rnatgan.

Uning do‘sti uylari yaqinidagi ko‘lda yashovchi alligator haqida gapirib bergan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, ularning chorva mollari tez-tez yo‘qolib qolgan.

Dag Borris alligatorni Okichobi okrugidagi ko‘lda uchratgan va uni otib o‘ldirgan.

"Uning bunchalik kattaligini tasavvur ham qilmagandim. Alligator mahalliy aholiga xavf solib kelgan", - dedi ovchi.

Mavzuga oid
Top