Afg‘oniston va Xitoy TIV rahbarlari Toshkentda muzokara o‘tkazdi
Toshkentda Afg‘oniston va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlarining o‘zaro uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Tolibon” harakati matbuot kotibi o‘rinbosari Hofiz Ziyo Ahmad “Tvitter”da xabar berdi.
“Kecha kechqurun Toshkentda tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy va Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi”, deya ma’lum qildi Hofiz Ziyo Ahmad .
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda Afg‘oniston va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, Afg‘onistondagi iqtisodiy vaziyat muhokama qilingan.
Bundan oldin O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri v.b. Amir Xon Muttaqiy bilan uchrashgandi.
Amir Xon Muttaqiy Afg‘oniston hududi bundan buyon O‘zbekiston va mintaqa boshqa davlatlari uchun xavf tug‘dirmasligini bildirdi.
Mavzuga oid
19:57
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
17:13
O‘zbekiston Afg‘oniston aholisiga insonparvarlik yordami va «Salomatlik» poyezdini jo‘natdi
17:10
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
14:53