O‘zbekiston | 17:00 / 09.10.2022
22810
6 daqiqa o‘qiladi

Express24 da piyoda va velosipeddagi kurerlar qancha pul topadilar?

Foto: Express24

Kur’yer va pochta kuni bayrami arafasida Express24 yetkazib berish xizmati sizlar bilan bir nechta kurerlarning velosipedda va piyoda yetkazib berish haqidagi hikoyalari bilan bo‘lishadi, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Qo‘qon va Andijon shaharlaridan ishlash istagi bo‘lganlarni ishga taklif qiladi.

Express24 barcha kur’yerlarimizni kasb bayramlari bilan muborakbod etadi va ularning astoydil ko‘rsatgan xizmatlari uchun katta minnatdorchilik bildiradi.

Hozirda Express24 da 1500 dan ortiq kishi yetkazib berish bilan shug‘ullanadi, ammo kurerlik uchun bo‘sh o‘rinlar Toshkentda ham, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qonda ham ochiqligicha qolmoqda. Express24 kurerlarining hikoyalari orqali ish faoliyati, imtiyozlar va ish haqi haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin.

Muhammad, 27 yosh - velosiped kureri

Foto: Express24

Men Express24-ga taxminan 2 oy oldin shu yerda ishlaydigan do‘stimning maslahati bilan ishga keldim. Hozirda bu mening asosiy ishim hisoblanadi.

Velosipedda yetkazib berish men uchun muammo emas, g‘ildirak teshilishini hisobga olmasa, velosiped harakatlanishning juda qulay usulidir. Afzalliklari esa juda ko‘p, ammo asosiysi - harakatlanish qulayligi. Men kunning tig‘iz vaqtida tirbandlikni bemalol aylanib o‘tishim yoki mashina o‘ta olmaydigan yo‘nalishni qisqartirishim mumkin. Bu ish tezligiga ta’sir qiladi, men buyurtmalarni tezroq yetkazib bera olaman.

Kurer sifatida ishlash juda qulay, ayniqsa, menga o‘z ish jadvalimni o‘zim tuzishim, vaqtim va kuchim bo‘lganda buyurtmalarni yetkazib berishim ayniqsa yoqadi. Kuniga 15-20 ta buyurtma yetkazib bera olaman va taxminan 165 000 - 225 000 so‘m daromad olaman.

Sergey, 42 yosh - piyoda kurer

Foto: Express24

Men Express24 xizmatida taxminan olti oydan beri piyoda kurer bo‘lib ishlab kelaman. Meni bu yerga anchadan beri kurer bo‘lib ishlagan do‘stim olib kelgan. Avvaliga shaxsiy moto-velosipedimda buyurtmalarni yetkazib berardim, lekin u buzilib qoldi va buyurtmalarni piyoda yetkazib berishga qaror qildim.

Men uchun ko‘p yurish qiyinchilik tug‘dirmaydi, shuning uchun buyurtmalarni piyoda yetkazib berish men uchun qiyin emas. Agar buyurtma 2 km-dan ko‘p bo‘lmagan oraliqda bo‘lsa, men uni ikkilanmay olaman. Mening yurish tezligim buyurtmalarni tez yetkazib berishga imkon beradi, masalan, men 1,5 kilometr masofani 20 daqiqada piyoda bosib o‘ta olaman.

Yetkazib berish xizmatida ishlashning ko‘plab afzalliklari bor, ularning asosiylarini aytib o‘taman:

•  erkin ish jadvali - siz o‘zingizga qulay bo‘lgan o‘z ish jadvalingizni tuzasiz;

•  ofis yoki sexlarda bo‘lgani kabi boshliqning yo‘qligi;

•  ish haqi faqat sizga bog‘liq - agar siz ko‘proq pul topishni istasangiz, ko‘proq ishlashga harakat qilasiz;

•  harakatlanish yo‘nalishini o‘zingiz tanlash imkoniyati va g‘ildirakning teshilib qolishidan yoki biron bir narsaning sinib qolishidan qo‘rqmaslik - bularning hammasi piyoda amalga oshiriladigan ishda mavjud.

Kuniga taxminan 5-8 ta buyurtma yetkazib beraman va 100 000 - 120 000 so‘m atrofida daromad olaman.

Ilmildin, 23 yosh - velosiped kureri

Foto: Express24

Men taxminan 2 oydan beri Express24-da velosiped kureri bo‘lib ishlab kelmoqdaman. Bir kuni Telegram-kanalida kurerlar qidirilayotgani haqidagi e’lonni ko‘rib qoldim va ishga joylashish uchun keldim. Hozirgi vaqtda bu mening asosiy ishim.

Velosipedda yetkazib berishni amalga oshirishda men uchun faqat 2 ta qiyinchilik bor: bahor va yoz faslidagi jazirama issiq, shuningdek, yuqoriga ko‘tarilish. Ammo lekin juda ko‘p afzalliklar mavjud, ularning asosiysi – bu harakatlanish qulayligi. Men mashina haydovchisida bo‘lmagan imkoniyatga egaman, ya’ni qisqa marshrutni tanlashim mumkin.

Kuniga 14-18 ta buyurtmalarni yetkazib beraman, har doim har xil va o‘rtacha 150 000 - 200 000 so‘m pul topaman.

Olmoson, 30 yosh - velosiped kureri

Foto: Express24

Men 1,5 oydan beri Express24-da kurer bo‘lib ishlayapman. Bungacha men restoranda yetkazib berish xizmatida ishlaganman, tez-tez Express24 kurerlarini ko‘rib turardim va ulardan ish haqida so‘radim. Keldim, joylashdim va mana endi bu mening asosiy ishimga aylandi.

Velosipedda ishlash men uchun juda qulay, unda yetkazib berish bo‘yicha tajribam bir yildan ortiq, shuning uchun men bunga o‘rganib qolganman. Bundan tashqari, bunda ko‘plab afzalliklar mavjud:

● tirbandliklar yo‘q, aniqrog‘i ularni osongina aylanib o‘tish mumkin;

● yo‘llar ta’mirlanayotgan bo‘lsa, siz aylanib o‘tishingiz mumkin;

● hovlilar va mahallalar ichida harakatlanish qulay, chunki yo‘llarning keng va bo‘sh bo‘lishi shart emas.

Express24-da o‘zimni qulay his qilaman, maoshim faqat o‘zimga bog‘liqligini tushunaman. Kun davomida 15-20 ga yaqin buyurtmalarni yetkazib beraman va taxminan 165 000-225 000 so‘m daromad olaman.

Ishga oid savollar bo‘yicha: t.me/Express24_Jbot

Ilovani yuklab oling:

Veb-sayt: express24.uz

Instagram: @express24uz

Telegram: Express24

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid