Odessa viloyatida energetika infratuzilmasi obektlari vayron bo‘ldi
10 dekabrga o‘tar kechasi Rossiyaning kamikadze-dronlari Odessa viloyatidagi energetika infratuzilmasi obektlariga hujum qildi. Bu haqda Odessa shahar kengashi «Yug» operativ qo‘mondonligiga tayanib xabar berdi.
Hujum natijasida katta zarar yetkazilgani, minglab iste’molchilar elektr energiyasiz qolgani aytiladi.
Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot hozircha olinmagan. Hududda qutqaruv va tiklash xizmatlarining ishlari davom etmoqda.
Bundan oldin Ukrainaga Fransiyadan 100 ta generator yetib kelgandi.
Ukrainaga Fransiyadan yuk yetkazildi - yuzta o‘rta quvvatli generatorlar Rossiya tomonidan Ukrainaning muhim infratuzilmasi o‘qqa tutilayotgan bir paytda mamlakat aholisiga qishdan omon qolishga yordam beradi.
Yukni Ukraina energetika vaziri o‘rinbosari Farid Safarov qabul qildi. Generatorlar Yevropa Ittifoqining fuqarolik muhofazasi mexanizmi (UCPM) loyihasi doirasida sotib olingan, deya xabar beradi Ukraina Energetika vazirligi.
Germaniya energetika infratuzilmasini ta’mirlash uchun Ukrainaga 56 million yevroga yaqin mablag‘ ajratdi va 350 dan ortiq generator beradi.
Mavzuga oid
20:47 / 06.01.2025
Lukashenko Belarus hududidan Ukrainaga berilgan zarbalar uchun uzr so‘ramagani aytildi
14:50 / 06.01.2025
Ukrainaning Kursk oblastidagi «katta yurishi». Bu haqda nimalar ma’lum?
09:21 / 06.01.2025
Blinken: Ukraina farovon kelajak uchun salohiyatga ega
20:26 / 05.01.2025