O‘zbekiston | 14:38 / 11.01.2023
3358
2 daqiqa o‘qiladi

Anomal sovuq sabab 9 ta mahalliy va xalqaro reyslar vaqti o‘zgardi

11 yanvarda 7 ta aviareysning parvozi kechiktirildi, 2 tasi bekor qilindi. Qayd etilishicha, yo‘lovchilar bekor bo‘lgan aviaqatnovlar chiptalarining to‘liq summasini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishi yoki boshqa sanaga bepul qayta band qilishi mumkin.

Foto: KUN.UZ

Uzbekistan Airways’ning xabar qilishicha, 11 yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli quyidagi reyslarning uchish vaqti kechiktirilgan:

  • HY081/082 Toshkent–Farg‘ona–Toshkent;
  • HY277/HY278 Farg‘ona–Istanbul– Farg‘ona;
  • HY069 Toshkent–Termiz;
  • HY609 Termiz–Moskva;
  • HY633/HY634 Toshkent–Sankt-Peterburg–Toshkent;
  • HY045 Toshkent–Samarqand
  • HY9857/HY9858 Namangan–Ufa–Namangan

Shuningdek, HY073/HY074 Namangan–Buxoro–Namangan va HY047/HY048 Namangan–Samarqand–Namangan qatnovlari ham noqulay ob-havo sharoiti sababli bekor qilingani aytildi.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz”, – deyiladi aviakompaniya bergan rasmiy izohda.

Eslatib o‘tamiz, 10 yanvarda ham anomal sovuq va qor sabab qator mahalliy va xalqaro parvozlar jadvaliga o‘zgarishlar kiritilgandi.

Mavzuga oid