Toşkent aeroportida bir qator yölovçi reyslari parvozi keçiktirildi. Uzbekistan Airports ma’lumotida aytilişiça, bunga noqulay ob-havo şaroiti sabab bölgan.

Keçiktirilgan reyslar röyxati:

  • HY9685 Toşkent - Soçi mahalliy vaqt bilan 10:12 da jönab ketdi;
  • HY011 Toşkent - Nukus mahalliy vaqt bilan 10:30 ga qoldirildi;
  • TK369 Toşkent - Istanbul mahalliy vaqt bilan 10:35 ga qoldirildi;
  • HY271 Toşkent – Istanbul qatnovi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 ga qoldirildi;
  • HY065 Toşkent - Termiz mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga qoldirildi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi «Andijon — Samarqand — Andijon» yönalişi böyiça HY049/HY050 reyslari noqulay ob-havo şaroiti tufayli bekor qilinganini ma’lum qildi.

Şuningdek, «Buxoro — Namangan — Buxoro» yönalişi böyiça HY73/74 reyslari ham noqulay ob-havo şaroiti tufayli bekor qilingan.

HY091/HY092 «Toşkent — Andijon — Toşkent» reysi esa özgartirilgan jadvalga muvofiq amalga oşiriladi. Toşkentdan uçiş mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da amalga oşiriladi, Andijon aeroportiga yetib keliş soat 14:00. Qaytiş reysi mahalliy vaqt bilan soat 16:20 ga belgilangan.

Bundan taşqari, Uzbekistan Airways HY9605 «Samarqand — Moskva», HY639 «Samarqand — Sankt-Peterburg» yönalişidagi reyslarni ob-havo şaroiti tufayli soat 15:00 ga qoldirdi.

Şuningdek, Flydubai aviakompaniyasining «Samarqand — Dubay» yönalişi böyiça FZ770 reysi soat 19:00 ga köçirildi.

Kompaniya xabariga köra, hozirda Samarqand aeroportida uçiş-qöniş yölagini tozalaş işlari munosabati bilan havo kemalarini qabul qiliş/jönatiş böyiça vaqtinçalik çeklovlar joriy etilgan.