Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 10 kilogramm opiy giyohvandlik moddasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
DXX, IIB va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Samarqand viloyatida opiy giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar ushlangan.
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 1 fevral kuni viloyat DXX, IIB va Bojxona boshqarmalari hamkorligida giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 10 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotayotgan ikki nafar shaxs ushlangan.
Tadbir davomida, Urgut tumanida yashovchi 32 yoshli fuqaro Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashovchi 40 yoshli fuqaroga 2 kilogramm opiyni sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, urgutlik fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida u 8 kilogramm opiyni sotish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan. Giyohvandlik moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:24 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
13:24 / 26.03.2026
Yangilangan Imom Buxoriy majmuasidan reportaj
11:26 / 23.03.2026
Urgutda kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi kuzatildi
08:57 / 19.03.2026