12:35 / 07.07.2023
23695

“Korzinka” O‘zbekistonda o‘zining birinchi dark store’ni taqdim etdi

Foto: Korzinka

4 iyul kuni “Korzinka” Toshkentda 7 000 turdagi mahsulotlarga mo‘ljallangan O‘zbekistondagi yirik oziq-ovqat va xo‘jalik mahsulotlari yetkazib beruvchi ombor-do‘koni (“dark store”) ochilishini e’lon qildi.

Bu qadam iyun oyi oxirida Toshkentda ishga tushirilgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi ochilishining mantiqiy davomidir.

“Dark store”ning oddiy supermarketdan asosiy farqi — u xaridorlarga emas, balki kur’yerlarga mo‘ljallangan.

Ombor-do‘kon yordamida mahsulotlarni to‘plash jarayonini optimallashtirish, buyurtmalarni yetkazib berishni tezlashtirish va xatolar xavfini kamaytirish mumkin.

Yangi “dark store” Toshkent shahrining janubiy qismida joylashgan. Bu mijozlarga mahsulotlarni shaharning istalgan nuqtasiga 2 soat yoki undan tezroq yetkazib berish imkonini beradi.

Ombor-do‘kon "Korzinka" tizimiga to‘liq integratsiya qilingan bo‘lib, yetkazib berish va qisqa saqlash muddati bo‘lgan mahsulotlar bilan ishlash jarayonlari optimallashtirilgan.

Bunday do‘konlarning xususiyatlaridan biri — maxsus “ombor” tuzilishidir. Bu kur’yerlarga yig‘ish jarayonini optimallashtirishga imkon beradi (og‘ir tovarlardan mo‘rt tovarlarga), "javondan tanlashni" soddalashtiradi, buyurtma yig‘ish yo‘lida tirbandlik paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Bundan tashqari, “dark store”da go‘sht va tovuq mahsulotlarini vakuumlash, meva va sabzavotlarni oldindan qadoqlash kabi texnologiyalar qo‘llaniladi.

Mahsulotlar javonlarga yaroqlilik muddati bo‘yicha joylashtirilgan bo‘lib, ish jarayoni va mahsulotlarning yaroqlilik muddati qattiq nazoratga olinadi.

“Korzinka Go” kur’yerlari uchun ishlab chiqilgan ilova mijozlar uchun ilova bilan sinxronlashtirilgan, do‘konda qo‘llaniladigan ombor tizimi esa buyurtma yig‘uvchilarni to‘g‘ri taqsimlash, yetishmovchilik va qayta saralash muammolarini oldini olishga qaratilgan.

“Bugun biz O‘zbekiston xalqiga birinchi “dark store ”imizni taqdim etishdan xursandmiz. Bu do‘kon-ombor “Korzinka Go” onlayn-supermarketini yanada qulay qilib, har bir oila uchun xarid qilish jarayonini osonlashtirishga yo‘naltirilgan. Bu qadam mijozlarimizning vaqtini tejashga qaratilgan “odatdagidan yaxshi” tamoyilimizning muhim bir qismidir”, — deb izoh berdi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.

“Do‘konimiz elektron oziq-ovqat chakana savdosining xalqaro standartlariga to‘g‘ri kelishi uchun jamoamiz bilan bir necha oy davomida ishladik. Bu shunchaki omborxona emas, balki onlayn supermarketimizning muhim bir qismidir. U yordamida biz bu yil ideal buyurtmalar ulushini 90 foizgacha oshirishni rejalashtiryapmiz”, — dedi “Korzinka Go” direktori Konstantin Nechayev.

Do‘kon-omborlar 15 ming turdagi tovarlarga mo‘ljallangan holda mamlakatdagi eng yirik taklif hisoblanadi.

Kompaniya haqida:

“Korzinka” – 1996 yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 115 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store’”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.


Korzinka Go ilovasini bu yerdan yuklab olish mumkin: Link

Korzinka Go onlayn-supermarketining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling:

Instagram: instagram.com/korzinkago

Telegram: t.me/KorzinkaGo

“Korzinka” bilan bog‘liq so‘nggi muhim yangiliklarni esa kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi rasmiy sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin:

O‘zbek tilidagi telegram kanal: t.me/korzinkauzb

Rus tilidagi telegram kanal: t.me/korzinkauz

Instagram sahifasi: instagram.com/korzinkauz

Facebook sahifasi: fb.com/korzinkauz

Kompaniya sayti: korzinka.uz


Reklama

Mavzuga oid
Top