10:09 / 27.07.2023
20065

O‘rtoqlik o‘yini. 8 ta gol urilgan o‘yinda «Arsenal» «Barselona»ni mag‘lub etdi

Yevropa klublari mavsum oldi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishda davom etmoqda.

Foto: Arsenal

AQShdagi turne doirasida «Arsenal» klubi «Barselona»ga qarshi maydonga tushdi. Inglvudda o‘tgan bahsda tomoshabinlar gollar shousiga guvoh bo‘lishdi. 

O‘yinda dastlab Levandovski darvozabondan qaytgan to‘pni darvozaga joylab, hisobni ochdi, ko‘p o‘tmay Saka hisobni tenglashtirdi. 21-daqiqada, hisob 1:1 bo‘lib turganida jarima maydoni ichida to‘p Arauxoning qo‘liga tekkanidan keyin belgilangan penaltidan Saka unumli foydalana olmadi. 

Rafinya esa jarima zarbasidan rikoshet orqali gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, bo‘lim oxirida Havers hisobni yana tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Trossar dublni rasmiylashtirdi, Viyera o‘yin oxirida beshinchi golni urdi. Ispanlarning 2-bo‘limdagi yagona goliga Ferran Torres mualliflik qildi – 5:3.

O‘rtoqlik o‘yini. 27 iyul
Arsenal – Barselona 5:3 Inglvud, AQSh
Gollar:
0:1 – Levandovski (7), 1:1 – Saka (13), 1:2 – Rafinya (34), 2:2 –  Haverts (43), 3:2 – Trossar (55), 4:2 – Trossar (78), 4:3 – Ferran Torres (88), 5:3 – Fabiu Viyeyra (89).
Aniq ijro etilmagan penalti: Saka (21)
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel (Holding, 84), Saliba (Kiver, 70), Timber (Tirni, 70), Parti (Jorjino, 70), Edegor (Fabiu Viyeyra, 62), Haverts (Smit-Rou, 46), Saka (Kozer-Dyuberri, 84), Trossar (Martinelli, 79), Gabriel Jyezus (Nketia, 79).
Barselona – ter Stegen (Penya, 46), Dest (Serji Roberto, 46), Kristensen (Erik Garsiya, 46), Arauxo (Kunde, 46), Alonso (Balde, 46), Gundo‘g‘an (Lopes, 46; Yamal, 79), Romeu (de Yong, 46), Pedri (Kessie, 46), Rafinya (Dembele, 46), Ezzalzuli (Fati, 46), Levandovski (Ferran Torres, 46).
Ogohlantirishlar: Trossar (27), Haverts (36), Arauxo (37), Uayt (41).

Mavzuga oid
Top