18:52 / 01.08.2023
5277

Turkmanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

​​​​​​​Bu haqda prezident Serdar Berdimuhamedov farmon imzoladi.

Foto: Turkmenportal

Meredov Shodurdi Oveznepesovich Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi (Toshkent shahri) Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi. Bu haqda prezident Serdar Berdimuhamedov farmoni imzolandi.

Shodurdi Meredev tayinlovga qadar Turkmanistonning Qirg‘iziston Respublikasidagi (Bishkek shahri) Favqulodda va Muxtor Elchisi bo‘lib ishlagan.

Shu vaqtgacha Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida Yozguli Mammedov ishlab kelayotgan edi. U iyul oyida «boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan» lavozimidan ozod etildi.

Mavzuga oid
Top